Novaya Zemlya

Novaya Zemlya — shimoliy Muz okeanidagi arxipelag. Barents va Karadengizlari orasida, Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati tarkibida. Matochkin shar bo’g’ozi (eni 2-3 kilometr) ajratib turadigan 2 katta orol — shimoliy va Janubiy orollardan va bir kancha mayda orollardan tarkib topgan. Janubiy-g’arbdan shimoli-sharqqa taxminan 1000 kilometr cho’zilgan. Maydoni 83 ming km2 dan ziyod. Novaya Zemlya Ural-Payxoy burmali oblastining shimoliy davomi hisoblanadi. Paleozoy davrining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Muzlik, delyuviy, dengiz, torf-botqoq yotqiziqlari keng tarqalgan. Eng baland joyi 1547 metr. Hamma joyda ko’p yillik to’ngib yotgan muzloq yerlar bor. Iqlimi dengiz Arktika iqlimi, sovuq. Kishi uzoq va sovuq (-40° gacha), kuchli shamol (tezligi 40-50 m/sek) va bo’ronlar bo’ladi. Avg.ning o’rtacha temperaturasi shimolda 2,5°dan Janubda 6,5°gacha. Yiliga 300-600 mm yog’in tushadi. Muzning qalinligi 300 metrdan ortiq. Orollarning bir qismi tundra zonasida. Ko’p joylar botqoq. Yo’sinlishaynik o’sadi. Sut emizuvchilardan qutb tulkisi, lemming, shimol bug’usi, oq ayiq; dengizlarda nerpa, dengiz quyoni, Grenlandiya tyuleni, morj, beluxa, treska, seld bor. Yozda qushlar uchib keladi.