No’xatxo’rak

No’xatxo’rak (forscha -tojikcha — no’xat va xo’rak — yemak) — quyuq taom. No’xatxo’rakni tayyorlash usuli: no’xat bir sutka sovuq suvda ivitilib 10 soatdan 24 soatgacha salqin joyga olib qo’yiladi. Suvini bir ikki marta yangilab turiladi. Ivitilgan no’xat tezroq bo’rtishi uchun ozroq choy sodasi qo’shiladi. Ivigan no’xat qozonga solinib, uni ko’mib turadigan darajada suv quyiladi, mildiratib 30-35 minut qaynatiladi, suvini to’kib, qopqog’ini bug’chiqmaydigan qilib jips yopib, yana 20— 25 minut damlanadi. Yumshagan no’xat qoshiq bilan ezilib, likoblarga solinadi va betiga zirapiyoz, tuz, qalampir sepilgach, dasturxonga tortiladi.