NOYIB
NOYIB, noib (arab. O’rinbosar, yordamchi) — o’rta asrlarda musulmon davlatlarida tobe o’lka yoki viloyat hokimi. Noyiblar, odatda, oliy hukmdorning o’rinbosari hisoblangan. 3) Amir Temur saltanatida sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli o’lka va viloyatlarga Noyib etib tayinlangan. Noyib unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun mas‘ul hisoblangan. 4) Ozarbayjonda Oktabr to’ntarishidan (1917) oldingi mahallalar boshlig’i. 5) Turkiya sultonligida qozi va mulla o’rinbosari. 6) XX asrda Noyib atamasi Eron va Afgonistonda turli harbiy unvonlarni anglatgan (Masalan, «noyibe avval» – katta leytenant, «noyibe sarhang» – podpolkovnik).