Nozil

Nozil, Nozil Xo’jandiy (taxallusi; ism-sharifi Avazmuhammad ibni Hojimuhammad) (1788, Xo’jand — 1876, Qo’qon) — shoir. Dastlabki ma’lumotni Xo’janddan olgach, umrining oxirigacha Qo’qonda yashagan. O’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Asarlarining mavzui boy va rang-barang. Xajviy asarlari Maxmur hajviyasiga hamohang. Hajviy she’rlarini «hashviyotnoma» kitobiga jamlagan. Asar 3297 misra -100 hajviy she’r: 49 muxammas, 33 g’azal, 12 musaddas, 3 ruboiy, 1 murabbadan iborat. Shularning 91 tasi o’zbek tilida. Ularda amaldorlar, makkor shaxslar, takabbur boylar, mayxo’rlik va bangilik tanqid qilingan. Nozil xalq maqollari va hikmatli so’zlarni to’plab, to’rtliklar yaratgan va ularni «Zarbulmasal» deb nomlagan. Asar o’zbek va tojik tillarida. 3000 irsolul masal ruboiyni o’z ichiga olgan. Unda odamiylik, mehr-muhabbat ulug’langan, kamchilik va nuqsonlar tanqid qilingan. Asardagi hikmatli so’z va maqollarning ko’pchiligi Gulxaniyda uchramaydi. Nozil asarlari qo’lyozmalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №12080), Tojikiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1033) saqlanadi. Ad.h Shodiev E., Alisher Navoiy va Xo’jand shoirlari, T., 1981.