Nozir
Nozir (arabcha-nazoratchi)-1) qilinayotgan harakatning to’g’riligini, qonun, qaror va nizomlarning bajarilishini nazorat qiladigan mansabdor shaxs, inspektor; 2) Turkistonda XX asr boshlariga qadar merosni saqlovchi homiy; 3) BXSR va XXSRda vazirlikni boshqruvchi mas’ul shaxs-vazir. Nozirlar kiritilgan hukumat Nozirlar sho’rosi deb atalgan va u oliy ijroiya qo’mitasi sanalgan; 4) ba’zi arab mamlakatlari (masalan, Misr)da viloyat boshlig’i.