Nukuz, Nekuz, nekus

Nukuz, Nekuz, nekus — qo’ng’irotlar hamda qoraqalpoklarning kenagas qabilalari tarkibidagi urug’laridan biri. Nukuz aslida mo’g’ul qabilalaridan birining nomi. Mo’g’ullar istilosi davrida (13-asr) Nukuzlarning bir qismi Dashti Qipchoqqa, keyinchalik boshqa o’zbek qabilalari bilan birga Movarounnahrga kelib o’rnashgan bo’lishlari mumkin. Bularning ko’pchilik qismi vaqt o’tishi bilan mahalliy xalqlar — o’zbeklar, qoraqalpoqlarga aralashib ketgan. Rashiduddinning «Jome at-tavorix», Abulg’oziy Bahodirxonning «Shajarai turk» (nuguzlar, no’guzlar, nukuzlar), rus tadqiqotchisi Nukuz Xanikovning «Buxoro xonligining tavsifi» (nukuz), Vamberining «O’rta Osiyo bo’ylab sayohat» (No’kis, Nukus, nukuz) asarida Nukuzlar qayd etilgan. Nukuzlarning juda oz qismi yaqin vaqtlargacha (asosan, quyi Qashqadaryoda) yirik qabilalar tarkibida urug’bo’lib, o’z nomlarini saqlab kelganlar.