Numizmatika

Numizmatika (lotincha numisma-tanga so’zidan)-tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og’irligi, qanday metalldan yasalgani, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o’rganadi. Numizmatika tushunchasiga yana qog’oz pullarni o’rganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni o’rganish (faleristika) ham kiradi. XIX asrda fan sifatida shakllangan. Numizmatika rivojiga I.I.Ekkel, I.Mader, I.Ya.Leytsman va G.Grotelar katta hissa qo’shdi.