Nur

Nur — (fizikada) yorug’lik manbaidan ingichka tola tarzida tarqaladigan yog’du; to’lqinli jarayon (masalan, yorug’lik, tovush, elektron tarqalishi) da to’lqin frontida tarqalayotgan energiya oqimi; geometrik optikada nurlanish energiyasi, geometrik akustikada tovush energiyasi tarqaladi, deb qaraladigan chiziq. Bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq holida, optik xossalari o’zgaruvchan muhitda esa egri chiziq holida tarqaladi.