Nyu-Meksiko
Nyu-Meksiko – AQShning Janubiy g’arbiy qismidagi shtat. Meksika bilan chegaradosh. Maydoni 314,9 ming km2. Aholisi 1,85 million kishi (2002), 73% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Albukerke shahri. Shtatning markazi qoyali tog’lar (eng baland joyi 4000 metr), g’arbi Kolorodo platosi, Janubi-sharqi Lyano- Estakado platosi bilan band. Iqlimi subtropik, quruq iqlim. O’rtacha temperatura iyulda 23°, yanvarda g. Yillik yog’in 250-500 mm. Eng katta daryosi — Rio-Grande. Nyu-Meksiko AQShning aholisi siyrak shtatlaridan. Uran rudasi qazib chiqarishda yetakchi o’rinda. Kaliy tuzlari, neft, tabiiy gaz, mis, qo’rg’oshin, rux, oltin, kumush, vanadiy konlari bor. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: rangli metallurgiya, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash. Atom energiyasini o’rganish markazlari bor. Qishloq xo’jaligida yaylov chorvachiligi asosiy o’rin tutadi. Nyu-Meksiko hududini 16-asrda ispanlar bosib olgan. 1821 yilda Meksika tarkibiga qo’shilgan. 1848 yildan AQSh bosib olgan. 1912 yildan AQShning 47-shtati.