Obduzd

Obduzd (forscha ob-suv va duzd-o’g’ri, talash)-o’rta asrlarda sug’orish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal)dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bog’lab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda sug’orish mavsumida shohariqlardagi suvni quyiga ochib yuborish Obduzd hisoblangan. Obduzdlik, ayniqsa, Zarafshon vodiysining quyi oqimida Qorako’l va Olot tumanlarida qurg’oqchil mavsumlarda tez-tez sodir bo’lgan. Buxoro vohasida iyul oyining oxiri va avgustning boshida 5 kun davomida sug’orish tarmoqlariga bog’lab olingan suv “Obi talash”, ya’ni janjalli suv deb yutirilgan. Chunki bu davrda bo’lgan talab nihoyatda avj olib, Obduzdlik kuchaygan.