Obdastagardon

Obdastagardon (forscha)-yo’qolgan yoki o’g’irlangan narsa o’g’risini “topish” usuli, bunda ichiga suv solingan obdasta bo’g’zidan ip bog’lab, barmoqqa osib aylantiriladi, duolar o’qiladi, obdasta aylanishdan to’xtaganda, uning jo’mragi davrada o’tirgan gumondorlardan qaysi birining qarshisida to’xtasa, o’sha kishi “o’g’ri” sanaladi.