Obelisk

Obelisk (yunoncha obeliskos-six)-memorial inshoot turi; yodgorlik. Yuqori (uchi)ga tomon ingichkalashib boradigan, asosan, to’rtburchaksimon (kvadrat tarhli) qirrali ustun. Tarixiy shaxs yoki voqealar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o’rnatiladi. Dastlab Qadimgi Misrda paydo bo’lgan, saroy va ibodatxonalar oldiga yodgorlik sifatida o’rnatilgan. Misrdan olib ketilgan yaxlit Obelisklardan Yevropada shaharsozlik maqsadlarida foydalanilgan. O’zbekistonda Obelisk XX asr boshlaridan qurila boshlagan.