Obkand

Obkand (forscha)-qadimgda o’rta asrlarda shaharni suv bilan ta’minlash maqsadida qazilgan sug’orish tarmog’i. U shahar suvi, shahar arig’i ma’nolarini anglatadi. Buxoro shahrining Shahrud (Shahar rudi), Toshkentning Anhor kanali shu maqsadda qazilgan qadimgi shahar sug’orish tarmoqlaridir. Shuningdek, Obkand “o’pqon” so’zining sinonimi bo’lib, sizot suvlar oqimidan yer ostida paydo bo’lgan tabiiy chuqurlik, o’ra yoki kamarni anglatgan. Bundan tashqari, daryo yoki uning tarmoqlari oqimi hosil etgan o’zan ham “obkandda”, ya’ni “suv qazigan”, “oqim o’ygan” suv yo’li, ya’ni o’zan ma’nosini anglatgan.