OBRO’

OBRO’ — ijtimoiy hayotning turli jabhalarida (masalan, ilmiy, diniy, siyosiy sohalarda, jamoada, oilada) biron shaxsning bilimi, tajribasi, tashkilotchiligi, axloqiy fazilati tufayli orttirgan, ko’pchilik tomonidan e‘tirof etilgan ta‘siri, nufuzi. Obro’ ayniqsa shaxsning xulqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi tufayli ortib boradi. Aksincha, nojo’ya harakati, so’zi bilan ishining to’g’ri kelmasligi kishini obro’sizlantiradi.