Og’ajari neft koni
Og’ajari neft koni – Erondagi gaz-kondensat va neft koni. Jahondagi yirik konlardan biri. Obodan shahridan 130 kilometr narida joylashgan. Fors qo’ltig’i neft-gazli havza tarkibiga kiradi. Kon 1938 yilda ochilgan, 1945 yildan ishlatilmoqda. Neftning boshlang’ich zaxiralari 1,3 milliard. tonna, gazniki 263 million m3 miqdorida baholangan. Kon eni 6 kilometr, uzunligi 60 kilometr bo’lgan Oligosen quyi miosen davriga mansub asimmetrik antiklinal burmada joylashgan. Samarali katlamlari (qalinligi 300 metrdan ortiq) asmari svitasi va yuqori bo’r davri ohaktoshlaridan iborat. Kollektor jinslar yuqori g’ovakli va yoriqli. Qatlamning boshlang’ich bosimi 28,2 MPa, temperaturasi 77°. Neftning zichligi 850 kg/MH qovushqoqligi 5,7 SPZ, tarkibida 1,42% S bor. Og’ajari neft konida «National Iranian Oil Company» (N1OC) davlat korxonasi 60 ta favvora quduqdan yiliga 31 million tonnadan ortiq neft olmoqda.