O’G’IR

O’G’IR, keli — qo’lda don (arpa, bug’doy, jo’xori va boshqalar) yanchish, sholi oqlash uchun mo’ljallangan ro’zg’or buyumi. Pishiq yog’ochning ichini o’yib tashlab ishlanadi. Dastasi (kelisop) ham qattiq yog’ochdan qilinadi. Dastaning o’rtarog’ida ikkala qo’l bilan ushlash uchun o’yig’i bo’ladi. Kelisopning uzunligi — 1,5—2 metr. O’g’irda donni yanchish uchun don bir oz ivitib qo’yiladi, so’ngra O’g’irga yarmigacha solinib, kelisop bilan qattiqqattiq uriladi. O’g’ir dehqonchilik rivojlanib, don ekila boshlagach paydo bo’lgan. Hozir ham (ayniqsa, qishloq joylarda) uy-ro’zg’orda ishlatiladi.