O’G’IZ JIROV
O’G’IZ JIROV — Xo’jambergan Niyoz o’g’li (1884, Qoraqalpog’iston, Chimboy tumani Qayshili qishlog’i — 1954) — qoraqalpoq xalq baxshisi, jirovi, «Alpomish» dostonining mohir kuychisi. Undan yozib olingan «Alpomish» dostoni Moskva (1937) va To’rtko’lda (1941) nashr qilingan. O’g’iz jirov dostonchilikni bekimbet jirovdan o’rgangan. Ocharchilik yillarida (1916) Xorazmning Qizilchali qishlog’iga ko’chib kelgan. Qipchoq, Mang’it, Gurlan, Urganch shahrilarida yurib, ko’p yillar dostonchilik qilgan. 1930 yil Chimboyga qaytgan.