Ohak

Ohak — qurilish materiali. Ohaktosh, bo’r va b. karbonatli jinslarni 900° dan yuqori tempraturada kuydirib, ishlov berib olinadi: SaSO3 <=t Sao + SO2 T. Kaltsiy oksid Sao — so’ndirilmagan Ohak, kaltsiy gidroksid Sa(on)2 esa so’ndirilgan Ohak deb yuritiladi. Ohak qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Miloddan avvalgi 3000-2500 yildayoq Ohakning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va g’ishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda bo’yoq tayyorlashda foydalaniladi. Ohak bo’lak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga bo’linadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kaltsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid bo’ladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorishmalari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini ta’minlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sanoatida, qand, qog’oz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qo’llanadi.