Ohangaron suv ombori
Ohangaron suv ombori – Toshkent viloyatida, Ohangaron daryosi O’zanida qurilgan gidrotexnika inshooti. 1989 yilda ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 260 million m3, to’g’onning maksimal balandligi 100 metr, suv o’tkazish imkoniyati 480 m3/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumiy tartibga soladi. Toshkent viloyatidagi Ohangaron, O’rta Chirchiq, Piskent va Bo’ka tumanlaridagi yerlar sug’oriladi.