Ohang
Ohang (forscha — tovush, nag’ma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy bo’lagi, intonatsiya. Ohang bir necha tovushlarning mantiqan ulanib borishidan hosil bo’lib, vokal musiqada she’riy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng o’ziga xos) tuzilmasi va boshqa ma’nolarda ham, hindlarda esa «ohangit» musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalqlarda «ohangsoz» — bastakor ma’nosida ham qo’llaniladi.
O‘xshash so‘zlar
- Ohangaron
- OHANGDOSHLIK
- Ohangaron tumani
- Ohangaron daryosi
- Ohangaron suv ombori
- Ohangaron daryosi haqida eshitganmisiz?

