Oksidlanish darajasi

Oksidlanish darajasi, oksidlanish soni — oksidlanish reaktsiyalarini talqin qilishda valentlik o’rnida ishlatiladigan tushuncha. Kimyoviy birikmani batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinsa, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi shu elementning oksidlanish darajasi deb ataladi. Elementlarning Oksidlanish darajasini aniqlashda doim kislorodning Oksidlanish darajasini -2, vodorodnikini +1 deb qabul qilinadi. Metall ionlarining Oksidlanish darajasi ularning zaryadiga teng deb olinadi. Masalan, suv N2O da vodorodning Oksidlanish darajasi+1, kislorodniki -2 dir. Kaliy yodid KJ da kaliyning Oksidlanish darajasi +1, yodniki -1 dir. Erkin elementlarning Oksidlanish darajasi 0 ga teng qabul qilingan. Har qanday molekula tarkibidagi barcha atomlarning Oksidlanish darajasi yig’indisy 0 ga teng. Masalan, xromat kislotada (N2sgo4) xrom atomining Oksidlanish darajasi (+1)- 2+x+(-2)-4=0, bundan x=+6. Shu yo’l bilan H2SO4 da SHHHr Oksidlanish darajasi +6, KMpO4 da MP ning Oksidlanish darajasi +7 ga tengligini aniqlash mumkin. Kimyoviy birikmalarda atomlarning Oksidlanish darajasi musbat (+), manfiy (—), 0 va hatto kasr songa teng bo’lishi mumkin. S2N2 da uglerod (S)ning Oksidlanish darajasi — 1 ga, KJNi(CN)4]fl a nikel Ni ning Oksidlanish darajasi 0 ga teng. Ko’pchilik hollarda molekula tarkibidagi atomlarning Oksidlanish darajasi ularning valentliklariga, ya’ni ayni element hosil qiladigan haqiqiy bog’lanishlar soniga teng bo’lmaydi. Organik birikmalarda uglerodning valentligi 4 ga teng, lekin Oksidlanish darajasi turli birikmalarda turlicha. Masalan, SN4 da uglerodning Oksidlanish darajasi -4 ga, SO2 da +4 ga, nson da 0 ga, NSOON da +2 ga, S2N4 da -2 ga teng.