Olahamma

Olahamma — mahalliy kechpishar qovun navi. Shakli tuxumsimon, uzunligi 35— 40 santimetr, sirti tekis, yaltiroq. Dum tomonida sezilar-sezilmas to’ri bor. Tusi sariq. Eti qalin (7-8 santimetr), oq, saqlash davomida mayinlashib, mazasi yanada shirinlashadi. Tarkibida 10,5—12,5% qand, shuningdek, 5,8—8,3% saxaroza bor. Urug’xonasi katta emas. Urug’lari sariq. Ekilib, unib chiqqandan keyin 110-115 kunda hosili pishadi. O’rtacha og’irligi 8-17 kilogramm. Hosildorligi 300— 350 ts/ga. Yaxshi saqlanadi. Uzoq joylarga olib borishga yaroqli. Xorazm viloyati uchun rayonlashtirilgan.