Olatov qoramol zoti
Olatov qoramol zoti – sut go’sht yo’nalishidagi qoramol zoti. 20-asrning 30-50-yillarda Qirg’iziston va Qozog’istonda mahalliy zotli qoramollarni shvis va Kostroma zotlari bilan chatishtirish va olingan duragaylar mahsuldor guruhlarini o’z ichida urchitish orqali yaratilgan. 1950 yilda yangi zot sifatida tasdiklangan. Tana tuzilishi baquvvat, boshi katta, ko’kragi, yag’rini keng, elini kosasimon, Tuey qo’ng’ir. Buqalarining vazni 850-1000 kilogramm, sigirlariniki 450-550 kilogramm. Sigirlari yiliga 3200-4200 kilogramm (ayrimlari 8-10 ming kilogrammgacha) sut beradi. Sutining yog’liligi 3,8—4,0%. Go’shtdorlik sifati yaxshi. Axta novvoslari jadal etishtirilib, bo’rdoqi qilib boqilganda 18-20 oyligida vazni 500-550 kilogrammga boradi. Go’sht chiqimi 55-62%. Tog’ sharoitiga yaxshi moslashgan.