Olimjonov Rahim Olimjonovich

Olimjonov Rahim Olimjonovich (1913.10.7 — Toshkent — 1985.17.2) — entomolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1952), biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950). O’rta Osiyo universitetining qishloq xo’jalik fakultetini tugatgan (1934). O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1935 — 37). O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya sektori ilmiy xodimi (1939-40). Botanika va zoologiya instituti direktori o’rinbosari (J941-44). Uzdu rektori (1950-55). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti entomologiya laboratoriya mudiri (1956-72), shu institut direktori (1958— 61), Toshkent qishloq xo’jaligi instituti entomologiya kafedrasi mudiri (1972— 81). Ilmiy asarlari g’o’za, beda va boshqa ekinlar zararkunandalarini o’rganish va ularga qarshi kurash choralariga bag’ishlangan. Entomologiya darsligini tuzgan (1977). As: Pochvoobitayutshie i pripochvennie formi nasekomix oroshaemix Zemel O’zbekistona. T., 1972; Formirovanie vrednoy entomofauni xlopchatnika i lyuserni v Karshinskoy stepi, T., 1974.