Olimov Xudoyor Olimovich

Olimov Xudoyor Olimovich (1928.30.5, Toshkent) — psixiatr, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1988), tibbiyot fanlari doktori (1962), professor (1963). ToshTIni tugatgan (1948). Shu institut psixiatriya klinikasida assistent (1954-57), ayni vaqtda ToshDU yuridik fakultetida o’qituvchi. O’zbekiston o’lka meditsinasi ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1957-62), Andijon tibbiyot instituti psixiatriya kafedrasida mudir (1963-65), ayni vaqtda shu institut davolash fakultetida dekan, 1965 yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, shu institut (1966-73), toshti (1973-97) psixiatriya kafedrasi mudiri. 1997 yildan ilmiy konsultant. Olimov O’zbekistonda psixiatrlar maktabi tashkilotchilaridan. Ilmiy faoliyati shizofreniya, infektsion entsefalit, maniakaldepressiv psixoz, qandli diabetda psixikaning aynishi va bu kasalliklar klinikasi, qaytalinishining oldini olish, davolash masalalariga oid. As: Rekurrentnaya shizofreniya, T., 1982; Psixicheskie narusheniya pri saxarnom diabete, T., 1987.