Oleg svyatoslavich
Oleg svyatoslavich (?-1115) -Qadimgi Rus knyazi. Rostov-Suzdal yeri, Volinda knyazlik qilgan. Mulklaridan ajralib (1076) Tmutarakanga qochgan. Qipchoklar (poloveslar) yordamida 2 marta Chernigovni olgan. Xazarlar qo’lida tutqunlikda, Vizantiyaga tegishli Rodos orolida surgunda bo’lgan. Oleg svyatoslavichni qipchoqlar bilan aloqasi rus yilnomachilari tomonidan qoralangan. «Igor polka jangnomasi»da Gorislavich deb atalgan.