Olein kislota

Olein kislota (lotincha oleum – yog’, moy), SN3(SN2)7SN=SN(SN2)7SOON — bir asosli to’yinmagan yog’ kislota. Molekulyar modda. 282,46, kristall holdagi 2 ta modifikatsiyasi (a,R) bor: a – shaklining suyuklanish temperaturasi 13,4°, (3 – shaklining suyuklanish temperaturasi esa 16,3°. Qaynash temperaturasi 225-226°. Olein kislota — tabiatda keng tarqalgan kislotalardan biri; hayvon va o’simlik yog’larida trigliserid holida uchraydi. Olein kislota lok, emal, alifmoy va bo’yoqlarning asosi bo’lib xizmat qiladi. Ba’zi efirlari tsellyuloza plastifikatorlari sifatida ishlatiladi. Olein kislota tuzlari sovundir.