O’LIKBOSH

O’LIKBOSH — arvoh kapalaklar oilasiga mansub kapalak. Tanasining uzunligi 60 millimetrga yaqin, yoyilgan qanotlari — 130 millimetrgacha. Ko’kragi orqasida odamning bosh suyagiga o’xshash sariq rasm bor (nomi shundan). Afrika, O’rta dengiz mamlakatlari, Yevrosiyo, jumladan, Janubiy Yevropa, Kavkaz, Turkmanistonda tarqalgan. Daraxtlardan kataklari devorini teshib, undagi asalni so’rib oziqlanadi. Qurtining uzunligi 130 millimetrgacha. Noyob tur sifatida Rossiya qizil kitobiga kiritilgan.