OLIY BOSH QO’MONDON

OLIY BOSH QO’MONDON — mamlakat qurolli kuchlarining oliy rahbari. Tinch davrda ham, urush paytida ham qurolli kuchlar boshlig’i hisoblanadi. O’zbekistonda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasining Oliy bosh qo’mondon hisoblanadi. U qurolli kuchlarning oliy qo’mondonlarini vazifasiga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.