Oliy nerv faoliyati

Oliy nerv faoliyati – hayvon va odam Markaziy nerv sistemasi oliy bulimlari (bosh miya yarim sharlari pusti va pust osti markazlari)ning faoliyati; butun organizmning tashki muhit bilan normal munosabatda bulib turishini ta’minlaydi. Oliy nerv faoliyati terminini fanga I. P. Pavlov kiritgan. U Oliy nerv faoliyatini «psixik faoliyat» bilan bir ma’nodagi tushuncha deb hisoblagan. Pavlov aytganidek, psixik faoliyatning hamma shakllari, jumladan, odam tafakkuri va ongi Oliy nerv faoliyati elementlaridandir. Oliy nerv faoliyati to’g’risidagi ta’limotni yaratuvchilardan biri — Pavlovning o’tmishdoshi I. M. Sechenov bo’lgan. U «Bosh miya reflekslari» degan asarida (1863) psixik faoliyatning reflektor tabiati to’g’risidagi g’oyani rivojlantirgan. Yuqori darajada tashkil toptan hayvonlar Oliy nerv faoliyati asosida markaziy nerv sistemasining yuqori qismlari (yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda va odamda — bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i)da hosil bo’ladigan shartli reflekslar hamda murakkab shartsiz reflekslar (instinktlar, emotsiyalar), ya’ni, asosan, po’stloq osti nerv qosilalari tomonidan amalga oshiriladigan bosh miya faoliyatining shakllari yotadi. Shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi roli shundaki, mazkur reflekslar asosida hamma shartli reflekslar hosil bo’libgina qolmay, balki shartli va shartsiz reflekslarning Oliy nerv faoliyatidagi ahamiyati hayvonot olamining tarixiy rivojlanish jarayonida o’zgaradi. Pavlov fikricha, hatto yuqori darajada rivojlangan hayvonlar (masalan, it, maymun)ning Oliy nerv faoliyati, asosan, hayvonlar bilan odamda umumiy bo’lgan birinchi signal sistemasining xilma-xil va turli-tuman shartli reflekslar yig’indisidan iborat. Nutqning asta-sekin rivojlanishiga qaramasdan birinchi signal sistemasinmng shartli reflekslari bolalar hayotining dastlabki yillarida Oliy nerv faoliyatining asosiy fondini tashkil qiladi; keyingi o’sish davrlarida esa odamning Oliy nerv faoliyati ma’lum o’rinni egallaydi. Lekin odamda mehnat faoliyatining ijtimoiy shakllari rivojlanishi munosabati bilan ikkinchi signallar paydo bo’ldi va rivojlandi. Pavlov Oliy nerv faoliyatining quyidagi asosiy qoidalarini ishlab chiqqan: 1) shartli reflekslar yoki nerv tutashishlarining hosil bo’lishi; 2) shartli refleks kuchining qo’zg’alish kuchiga bog’liqligi; 3) shartli qo’zg’atgichlarning yig’indisi; 4) shartli reflekslar mustahkam bo’lmaganligi uchun, shartli qo’zg’atuvchining keskin kuchayishi yoki yangi qo’zg’atuvchining ta’siri tufayli tormozlanishning o’sishi; 5) nerv jarayonlarining bosh miya po’stlog’ida tarqalishi va kontsentratsiyalanishi natijasida uning ayrim qismlari o’rtasida aloqaning vujudga kelishi hamda shartli reflekslarning umumlashishi va ixtisoslashishi; 6) qo’zg’alish va tormozlanishning po’stloq manbalari o’rtasidagi qarama-qarshi o’zaro munosabatni ta’minlaydigan nerv jarayonlarining bir-biri bilan bog’liq induktsiyasi. Oliy nerv faoliyatida Markaziy hodisa shartli reflekslar bo’lib, ular jahon neyro-fiziologiyasi va eksperimental psixologiyadagi muqim tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Pavlov va uning xodimlari belgilagan Oliy nerv faoliyatining asosiy faktlari va izchilligining to’g’ri ekanligi olimlarning ko’pgina ishlarida isbotlangan. Xususan, fiziolog P. K. Anoxin funktsional sistema nazariyasini ishlab chiqib, bu nazariyani funktsiyalar evolyutsiyasiga tatbiq etdi, natijada evolyutsion jarayonning umumiy qonuniyati bo’lgan sistemogenez tushunchasini yaratdi.