Oltinko’l

Oltinko’l — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumanidagi shaharcha (1969 yildan). Qo’ng’irot shahar Kengashiga karashli. Tuman markazi va yaqin temir yo’l stantsiyasi (Qo’ng’irot)dan 6 kilometr. Aholisi 24 ming kishi (2000). Oltinko’lda paxta tozalash zavodi, 6 umumiy ta’lim maktabi, madaniyat va istirohat bog’i, avtokorxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati ko’rsatish shoxobchalari bor. Oltinko’lda Qo’ng’irot tuman aeroporti joylashgan.