Oltoy qo’riqxonasi

Oltoy qo’riqxonasi – oltoyning shimoliy-Sharqiy qismidagi davlat qo’riqxonasi. Rossiyaning Oltoy o’lkasidagi Teles ko’li (Oltinko’l) yaqinida. Maydoni 889 ming gektar (1999). Tayganing o’ziga xos tabiatini hamda Janubiy Sibirning baland tog’li tundrasini qo’rikdash maqsadida tashkil etilgan. Tog’larda balandlik mintaqalari ko’zga yaqqol tashlanib turadi; oq qarag’ay, oq qarag’ay-kedr va kedr-tilog’ochli tayga o’rmonli Subalp mintaqasi bilan almashingan, undan yuqoriroqda esa Alp mintaqasi (butali tundra va Alp o’tloqlari, shag’allili- shaynikli va Toshloq tundra) boshlanadi. Hayvonlardan Maral, Los, Kabarga, morxo’r, elik, qo’ng’ir ayiq, suvsar, bo’rsiq, tiyin, burunduq, Bars; parrandalardan ular, oq va tundra kakliklari, karqur, chil, qur ko’p.