Om (Ohm) Georg Simon
Om (Ohm) Georg Simon (1787.16.3, Erlangen — 1854.7.7, Myunxen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1842 yildan). Erlangen universitetini tugatgan (1806). Nyurnberg (Germaniya) politexnika maktabi (1833 yildan), Myunxen universiteti (1849 yildan) professor. Ilmiy ishlari elektr, optika, kristallooptika hamda akustikaga oid. Elektr zanjirini kashf qilgan. Shu zanjirning eng muhim xarakteristikalaridan biri — o’tkazgichlar qarshiligi ekanligini ko’rsatib, qarshilik tushunchasini fanga kiritgan. Elektr tokining asosiy qonunini yaratgan. Elektr qarshilik birligi — Om uning nomi bilan ataladi.