Olster

Olster — Irlandiya orolining shimoldagi tarixiy viloyat. Ilk o’rta asrlarda mustaqil Qirollik. 12-asr oxirida Olster rasman ingliz taxtiga tobe etilgan. 16-asrdan Irlandiyaning viloyatlaridan biri. 16— 18-asrlarda inglizlarga qarshi qo’zg’olon markazi. Angliya — Irlandiya bitimi (1921) ga ko’ra, Olsterning katta qismi (shimoliy Irlandiya; matbuotda uni ko’pincha Olster deb atashadi) Buyuk Britaniya qo’l ostida krlgan, qolgan qismi Irlandiya davlati tarkibiga kirgan (1949 yildan Irlandiya Respublikasi, Olster viloyati).