ONG (ME’YORIY)

ONG (ME’YORIY) — ijtimoiy me‘yorlarni faoliyat, baholash asosi sifatida anglash; huquqiy, ma‘naviy va boshqa taqiqlarda ifodalanuvchi ijtimoiy talablarga itoat etish; ijtimoiy ma‘qul faoliyatlarga ergashish; jamiyat a‘zolari o’rtasidagi muosabatlarda tartibga soluvchi qoidalarga amal qilish zarurligini anglash. Katta ijtimoiy guruhlarning me‘yoriy ongi mafkura va uning shakllari (axloq, huquq, din)da namoyon bo’ladi. Guruh va jamoalarning me‘yoriy ongi guruh munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalarda aks etadi. Shaxsning me‘yoriy ongi ijtimoiylashuvi natijasida shakllanadi. Me‘yoriy ongning muhim tarkibiy qismi ijtimoiy qadriyatlar (ijtimoiy faoliyat maqsadlari) va tadqiqlar (qat‘iy belgilangan ijtimoiy qoidalardan chekingani uchun sanksiyalar va cheklashlar) tizimidir.