O’NGO’N

O’NGO’N, o’ng’o’n, uyg’un, ongon — totem. Qadimda turkiy-mo’g’ul xalqlari nazarida qabilaga asos bo’lgan va muqaddas hisoblangan hayvon yoki o’simlik. Masalan, o’g’uzlarda islomiyat davrida ham Totemizm qoldiqlari saqlangan. Har bir urug’bironbir qushni o’zi uchun muqaddas sanagan, urug’a’zolari bu qushga tegishmagan, uning go’shtini yeyishmagan. Bunday totemni ifodalash uchun O’ngo’n atamasi qo’llanilgan. Bundan tashqari, umumiy ziyofatlar paytida muayyan urug’ go’shtning qaysi qismini olish huquqiga egaligi ham belgilab qo’yilgan. O’ngo’nlar va go’sht qismlari O’g’uzxon farzandlari soniga ko’ra, 6 xil qilib farqlangan.