O’ngut

O’ngut-qadimgi qabilalardan biri. Rashiduddin Fazlullohning yozishicha, o’ngutlar mo’g’ullarga o’xshasa-da, ulardan aloha ajralib turgan. O’ngutlar Chingizxonga tobe bo’lib, uning bosqinchilik yurishlarida ishtirok etgan. Chingizxonning vorislari davrida o’ngutlarning kichik guruhlari O’rta Osiyoga, jumladan Xorazmga kelib o’rnashgan va keyinchalik mahalliy xalqlar bilan aralashib, etnik nomlarini unutib yuborganlar.