Opossumlar

Opossumlar (Didelphidae) – xaltali sut emizuvchilar oilasi. Eng qadimgi xaltalilar. Gavdasining uzunligi 7 — 50 santimetr, dumi 4-55 santimetr. Dumi tutuvchi. Orqa oyoqlarining oldingi barmog’i yirik, boshqa barmoqlariga qarama-qarshi qo’yilgan. Sut bezlari so’rg’ichlari 5 tadan 27 tagacha. 1 urug’i, 77 turi ma’lum. Kanadaning Janubi-sharqidan boshlab Amerika qit’asining 52° Janubi kengliklarigacha tarqalgan. O’rmon, cho’l, dasht, tog’larda 4 ming metr balandlikkacha uchraydi. Yerda va daraxtlarda, ayrim turlari (suv opossumi) yarim suvda hayot kechiradi. Oziqtanlamaydi. Bir yilda 1-3 marta 4-11 tadan (ba’zan 25 ta) bola tug’adi. Ayrim turlari mo’ynasi va go’shti uchun ovlanadi. Oddiy Opossumlar laboratoriya hayvoni.