Optimatlar

Optimatlar (lotincha optimates-zodagonlar, oqsuyaklar, optimus-eng yaxshi so’zidan)-Qadimgi Rimda miloddan avvalgi II-I asrlarda senat aristokratlari (nobilitet) manfaatlarini himoya qilgan oqim. Xalq majlisida o’z tayanchiga ega bo’lgan populyarlarga qarshi kurashardi. Optimatlar boshqaruvning aristokratiya shaklini mustahkamlash, yerning yirik zamindorlar qo’lida to’planishi, huquqlarini cheklashga intilganlar, Rim huquqining italiklar, lotinlar va boshqa ittifoqchilarga qo’llanishiga qarshilik qilganlar. Mashhur Optimatlar: Lutsiy Korneliy Sulla, Gney Pompey, Mark Litsiniy Krass va hokazolar.