Oq O’rda

Oq O’rda (rus manbalarida ko’k O’rda) — Oltin O’rdannng bir qismi. Jo’jixonning o’g’li Botuxon va uning avlodlari tomonidan idora qilingan; ikkinchi qismini Jo’jixonning boshqa o’g’li O’rdaxon (O’rda-ichen) boshqargan. Bu holat 13-14-asrlar davomida o’zgarmay kelgan. Botuxon avlodiga nomigagina qaram bo’lgan O’rdaxon avlodlari keyinchalik, Sasibuqo davrida (1291 — 1310) to’la mustaqil bo’lib olganlar. Oltin O’rda tushunchasi Botuxon davridan boshlab butun Jo’ji ulusiga, 14-asr boshidan esa Oq O’rdaga nisbatan qo’llanilgan. Oq O’rda tarkibiga Sirdaryo havzasining katta qismi va Orol dengizining shimoliy- sharqidagi cho’llardan ishim va Sarisuv daryolarigacha yoyilgan hududlar kirgan. Poytaxti— Sig’noq shahri (Hozirgi Tumanariq temir yo’l stansiyasi yaqinida). 14-asr oxirida Oq O’rda Amir Temur tomonidan zabt etilgan. 15-asrda Oq O’rda hududida Oltin O’rdaning davomi sifatida yangi davlatlar (Kamma O’rda, No’g’ay O’rda, Qosimovlar podsholigi hamda O’zbek, Qrim, Qozon, Sibir va boshqa xonliklar) vujudga kelgan.