Oq qarag’ay

Oq qarag’ay (Abies sibirica) — qarag’aydoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Bo’yi 30 metrcha. Tanasi to’q kulrang, silliq po’stloqli. Igna barglari yumshoq, uchi to’mtoq, xushbo’y. Gullari changchi va urug’chilardan iborat. Urug’i qo’ng’ir novdalarda, tuxumsimon g’uddada rivojlanadi. Oq qarag’ay asosan, Sibirda (ayniqsa, Sayan va Oltoyda) va Rossiyaning Yevropa qismi shimoli-sharqida o’rmon hosil qiladi. Bargi va yosh novdalarida 3,27% efir moyi, 0,32% cha S vitamini va boshqa moddalar bor. Efir moyi, asosan, bornilasetat (30-60%), Borneol kamfen (10-20%), pinen (10%) va boshqa birikmalardan iborat. Bornilasetat va borneoldan kamfora sintez qilinadi. Smolasidan skipidar olinadi. Bargi va yosh novdalaridan tayyorlangan qaynatma S vitaminiga boy bo’lib, lavsha kasalligini davolash va oldini olish uchun qo’llaniladi.