Oq tol
Oq tol (Salix alba L.) — toldoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Novdalari to’g’ri, egiluvchan, bargi ingichka (1-3 santimetr), uzun (5-15 santimetr), cheti arra tishli, ikkala tomoni kumushrang tuklar bilan qoplangan. Kuchalasi 3-5 santimetr, bargi bilan bir vaqtda chiqadi. Aprel—mayda gullab mevalaydi. Kanallar, ariqlar va hovuzlar bo’yiga ekiladi. Novdasidan qalamcha qilib ko’paytiriladi. Bir yillik novdalaridan savat va boshqa anjom to’qiladi, 3-4 yilliklari esa so’ri, ishkom qilishda ishlatiladi.