Oq she’r

Oq she’r — sillabik va silla-biktonik sher tizimidagi misralari o’zaro qofiyalanmagan she’r turi: qofiyasiz she’r. Oq she’r shoirga o’z fikri va hissiyotini to’laroq ifodalash imkonini beradi va undagi ritmik izchillik esa she’r g’oyasiga kuchli ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Rus klassiklari A.S.Pushkin («Suv parisi»), M.Yu. Lermontov («Kalashnikov haqida qo’shiq») va boshqalar Oq she’rning ajoyib namunalarini yaratganlar. O’zbek adabiyotida Usmon Nosir, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqa shoirlar ijodida Oq she’r bor. M. Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» tragediyasi Oq she’rda yozilgan.