Oqchavoq, eles

Ma’nosi

Oqchavoq, eles (Leucicus leuciscus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi. O’rta Osiyoda Balxash ko’liga quyiladigan Ayag’uz daryosida ko’paytirilgan, Chu va Sarisuv daryolarida avvaldan yashaydi. Uzunligi 25-30 santimetrgacha, og’irligi 400 grammgacha. Tez suzadi. Tanasining orqa tomoni kulrang tusda tovlanib turadi. Yon tomonlari och havorang, qorni kumushrang. 3 yoshlik davrida urchiydi. Uvildirig’ini Toshloq va suvi tiniq yerlarga tashlaydi. Turli qasharotlarning qurtlari, suvo’tlar, quruqlikdan shamol uchirib keladigan hasharotlar bilan oziqlanadi. Ovlanadi.

O‘xshash so‘zlar

O harfi: barcha so‘zlar