Oquvchanlik

Oquvchanlik (mashinasozlikda) — materialga ta’sir etayotgan kuchning qiymati oshirilmagan holda uning deformasiyalanishida (shaklini o’zgartirishda) davom etishi, Oquvchanlik gazlar, suyuqliklar, plastik materiallarga xos xususiyat. Oquvchanlik har qaysi material uchun kuchlanishning ma’lum chegarasi (Oquvchanlik chegarasi)dahosil bo’ladi. Gaz va suyuqliklar uchun Oquvchanlik har qanday kuchda, qattiq plastik materiallar uchun yuqori kuchlanishlarda namoyon bo’ladi. Agar material Oquvchanlik xususiyatiga ega bo’lmasa, unga shartli Oquvchanlik chegarasi qo’yiladi (bu namuna uzunligini 0,2% uzaytiradigan nagruzka vujudga keltiradigan kuchlanishga teng). Metallarni qizdirib xamda sovuqlayin bosim bilan ishlashda Oquvchanlik xossasidan foydalaniladi.