Oqto’qay g’ori

Oqto’qay g’ori – Qozog’istonning Jambul viloyati, Sarisu tumanidagi g’or. Oqto’qay qishlog’ining Janub chekkasida, Chabakti daryosi sohilida, 850 metr balandlikda joylashgan. Toshko’mir davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi Chabakti daryosi o’zanidan 30 metr balandlikda, eni 14 metr, balandligi 0,6 metr. G’or bir xona (zal)dan iborat, uzunligi 48 metr, eni 6-16 metr, balandligi 3-9 metr. Sahni ichkariga tomon ko’tarilib boradi, shipi gumbaz shaklida. G’or oxiridagi teshik yer yuzasiga chiqadi. G’orning maydoni 441 m2, hajmi 2198 m3.