Organik arxitektura

Organik arxitektura – 20-asr me’morligida Yevropada paydo bo’lgan yo’nalish, oqim. Inshoot va binolar shakli va tuzilishi atrof muhit bilan uyg’unlashgan holda tabiiy materiallardan bo’lishi kerak, degan g’oyani ilgari suradi (masalan, qabulxona, villalar, dang’illama uylar, shahar tashqarisidagi mehmonxonalar). Bu g’oya ilk bor 1890 yilda amerikalik me’mor L. Salliven tomonidan targ’ib qilingan, keyinchalik shogirdi F. Rayt ijodida nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirilgan. Organik arxitektura ta’sirida AQSh, Italiya, Frantsiya, Yaponiya va Skandinaviya mamlakatlarida mahalliy me’moriy maktablari vujudga keldi. F. Rayt vafotidan so’ng (1959), Organik arxitektura 60-yillar me’morligidagi turli oqilona uslublar bilan aralashib ketdi. Uning yangi shakllarini hosil qilishdagi umumiy qoidalar, ba’zi bir usullar hozirgi zamon me’morligi dizaynida va badiiy qurilishlarda keng foydalanilmoqda.