Orkestr

Orkestr (Yunoncha orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) — turli musiqa cholg’u asboblarini chaluvchilardan tuzilgan va ular uchun yaratilgan asarlarni birgalikda ijro etuvchi sozandalar jamoasi. Orkestr kamer ansambldan dirijyor tomonidan boshqarilishi va ba’zi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga ko’ra, Orkestrlar simfonik orkestr, xalq cholg’u asboblari Orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholg’ular Orkestri, Estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga bo’linadi. O’zbekistonda Orkestrlarning barcha turlari mavjud.