Orlean

Orlean — Frantsiyaning Markaziy qismidagi shahar. Luara daryosi bo’yida. Luara departamentining ma’muriy markazi va Orleane tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 112 ming kishi (1999). Yirik transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik, elektrotexnika mashinasozligi rivojlangan. Oziq-ovqat, to’qimachilik, farmasevtika sanoati korxonalari mavjud. Shahar Tsenabum nomi bilan miloddan avvalgi vujudga kelgan. Universitet, nafis san’at, tarix muzeylari bor. 10-18-asrlarda qurilgan me’moriy binolar saqlangan.