Orkestrator

Orkestrator — elektron musiqa cholg’u asboblaridan biri. Klaviatura va boshkarish pulti, tovush generatorlari, modulyatorlar, filtrlar, elektron xotira, dinamiklar va boshqalardan iborat. Yakka ijrochi Orkestrator yordamida har qaysi kuyning ko’p ovozli aranjirovkasini yaratib, uni «yo’q» orkestr (ansambl) tomonidan chalinayotganday tuyulishiga erishadi. Bunga Orkestratorning elektron xotirasida saqlanayotgan 100 dan ortiq standart tayyor usullar, elektron sintez yo’li bilan paydo bo’layotgan 600 dan ortiq tovush tembr (tus)lari imkoniyat yaratadi. Orkestrator 1980-yillar oxirida sintezator va ritmboks musiqa moslamalari negizida yaratilgan. Hozirda Korg, Yamaha, Roland va boshqa kompaniyalar ishlab chiqqan Orkestratorlar havaskor musiqachilar, ayniqsa, pop-musiqada keng joriy etilmoqda.